Ishonch telefoni : 1097 Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorlari asosida, Respublika aerogeodeziya markazida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Geodeziya va geoinformatika kafedrasi filiali tashkil etilgan.

08.05.2024
785

Ushbu kafedra filiali asosan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarga zamonaviy geodeziya va geoinformatika sohalarida chuqur bilim olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yerda olib boriladigan darslar va amaliyotlar yuqori texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida tashkil etilgan, bu esa talabalarning sohada raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Mazkur o‘zgarishlar ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni ilgari surishga qaratilgan siyosatining bir qismi hisoblanadi, bu esa mamlakatimizning yuqori ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi.