Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Kadastr agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan 17 shahar va tumanlarda maxsus dronlar yordamida  yer nazorati ishlari olib borilmoqda.

07.05.2024
785

Respublika bo'yicha umumiy 81 ta holatda   5,83 gektar yer o'zboshimchalik bilan yerlar egallab olinganligi aniqlandi.

Shundan yer nazorat tadbirlari davomida 9 ta holat 1,54 gektar yer maydoni qishloq xo'jalik yerlariga, 72 holat 4,28 gektar yer maydoni aholi  yashash joylaridagi yer qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan vaziyatlar "E-YER NAZORAT" elektron bazasiga kiritish hamda tegishli choralar ko'rish uchun vakolatli organlarga yuborilishi ta'minlandi.

‼️ Hurmatli fuqarolar Kadastr agentligi fuqarolarimizni huquqiy hujjatlarga ega bo'lmasdan turib o'zboshimchalik bilan qurilish qilib olmaslikka chorlaydi. Zero qonun ustuvor jazo muqarrar ekanligini unutmasligimiz kerak.