Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Kadastr agentligida dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi

01.05.2024
785

Unga ko‘ra hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi. 

Jumladan: 
45 ta dron yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi;
O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi;
Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi;
Jinoyat alomatlari bor ya’ni, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuboriladi.

Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar!

Unutmang! Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.