You are here


Xizmat tavsifi

Obyektni qayta ixtisoslashtirish deganda ob’ektning maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya bilan va rekonstruksiyasiz o‘zgarishi, ya’ni xonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish tushuniladi.
Ob’ektni rekonstruksiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi:
- binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
- binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini o‘zgartirmasdan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
- bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga o‘zgartirish kiritish;
- o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qo‘shimcha bino va inshootlar qurish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ko`chmas mulk

 

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Yuridik va jismoniy shaxslar

 

Tashkilot

Davyergeodezkadastr qo'mitasi

 

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor -S, Cho'ponota ko'chasi

 

Telefon: +998 (71) 202-56-04

 

Faks: +998 (71) 273-86-61

 

E-mail: info@ygk.uz

 

Veb sayt: www.ygk.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Bino va inshoot xaqida ma’lumot:
1. Bino, inshoot nomi;
2. Joylashgan manzili(indeks, adres, mo‘ljal);
3. Kiritilayotgan o‘zgarish yoki qilinayotgan ish xaqida qisqa ma’lumot

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2012 yildagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4455-sonli farmoni;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2014 yildagi "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 1-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati

5 ish kuni ichida

Natijani olish usullari

Elektron ko‘rinishda

Xizmat natijasi

Elektron manzilga ruxsatnoma jo‘natish

Rad etish sabablari

Ariza beruvchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, so'rovnomada noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatish uchun yig'imni to'lamaslik davlat xizmati ko'rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

 

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 710
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing