Geodeziya, kartografiya, yer tuzish, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida O‘zbek-Tojik hamkorligi komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi

Joriy yilning 19 noyabr kuni Tojikiston Respublikasining Yer boshqaruvi va geodeziya qo‘mitasi raisi Orif Xo‘jazoda boshchiligidagi delegatsiyasiyasi Poytaxtimizga keldi. Delegatsiya tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad, Geodeziya, kartografiya, yer tuzish, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida O‘zbek-Tojik hamkorligini yanada rivojlantirishdir. Shunga ko‘ra delegatsiya a'zolari Davergeodezkadastr qo‘mitasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni qo‘mita raisi A.Abdullayev shaxsan kutib oldi va qo‘mita faoliyati haqida ma'lumot berib, yig‘ilish qatnashchilarini yurtimizdagi Yer boshqaruvi, kadastr, kartografiya va geodeziya faoliyatidagi yutuqlar bilan tanishtirdi. Kun tartibiga muvofiq delegatsiya a'zolari "Tuproq sifati tahlili" korxonasining laboratoriyasi va mobil laboratoriyasi bilan shuningdek, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti faoliyati bilan tanishdilar. Delegatsiya a'zolarining tashrifi 22 noyabrgacha belgilangan bo‘lib, bunda Geoinformkadastr davlat unitar korxonasi, Toshken shahar Yermulkkadastr davlat korxonasi, Kartografiya ilmiy ishlab chiqarish korxonasi hamda soha mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishtirish rejalashtirilgan. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama kelajakdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bayonnoma hamda reja-dastur imzolanadi.

photo_2019-11-19_12-52-36.jpg

photo_2019-11-19_12-52-35.jpg

photo_2019-11-19_12-52-34.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 521
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing