Navoiy viloyatida sayyor qabul bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 1 iyul sanasida qo‘mita raisi o‘rinbosari Mamatov Akmal Alisherovichning Navoiy viloyatining Zarafshon shahar va Konimex tumani yuridik va jismoniy shaxslar uchun er, er munosabatlarini va ko'chmas mulkni tartibga solish bo'yicha navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolarga rais o‘rinbosari A.Mamatov Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan tadbirkorlarga yanada keng imtiyozlar yaratilayotgni, yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida electron auksion orqali amalga oshirilishi to’g’risida to’laqonli tushunchalar berildi. Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar  uy-joy yer maydoniga aniqlik kiritish, mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha qarorni tasdiqlash, uyga egalik qilish huquqi bo`lgan fuqaro ishtirok etmagan holda kadastr hujjatlari tayyorlanganligi hamda qator muammoli masalalar bilan murojaat etishdi. Mazkur savollarga qonun doirasida tegishli javoblar va topshiriqlar berilib, ko‘plab masalalar sayyor qabulning o‘zida yechimini topdi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 598
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing