Yoshlar kuniga yoshlardan ajoyib sovg'a!

Davyergeodezkadastr qo'mitasi hamda qo'mitaning Namangan viloyatidagi tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar tomonidan ajoyib tashabbus amalga oshirildi. Namangan viloyati Pop tumanidagi tog'larning biriga "YERI BOYNING - ELI BOY, ELI BOYNING - YERI BOY" deb 70 metr uzunlikka xarsang toshlar bilan yozib qo'yishdi azamatlar. Bu so'zlarning chin ma'nosi yerni asrash, undan to'g'ri foydalanish, yer bizning eng buyuk boyligimiz ekanligini anglatadi. Agar Dovondan har kuni o'rtacha 74 mingdan ortiq odam o'tishini inobatga olsak shulardan xech bo'lmaganda yarmi yozuvni o'qisa, o'qiganlarning yarmi tafakkur qilib ko'rsa va bu so'zlarning ma'nosini anglasa, o'ylab ko'ring bir yilda qancha inson yerning qadrini tushunib yetadi. Bunday yoshlarga faqatgina "BARAKALLA" deyish mumkin. Bu yoshlar qo'mita nomini tog'u-toshlarga, o'zlarining nomini esa Tarixga yozib qo'yishdi!

2.01.07.jpg3.01.07.jpg

 

4.01.07.jpg

5.01.07.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 601
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing