Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

TOSHKENT SHAHAR

Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

Manzil:100000, Toshkent shaxar, Shayxontoxur tumani, Navoiy ko’chasi, 2a uy

Telefon:0 (371) 239-35-01, 239-35-17

Faks:0 (371) 239-35-44

Veb sayt: www.kadastr.uz, www.odnookno.uz

E-mail: info@kadastr.uz

toshkent.jpg

Rasulev G‘ayrat Shovkatovich

rasulev_g._tosh.sh.jpg

Yer resurslari va davlat  kadastri boshqarmasi boshlig‘i 

 

Telefon: 0 (371) 241-82-07

Faks: 0 (371) 239-35-44

Qabul kunlari: Seshanba 15:00 dan 17:00 gacha

 

Kadirov Sarvar Saidakbarovich

kadirov_s._tosh._sh_0.jpg

Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari

Telefon: (371) 239-35-01, Faks: (371) 239-35-44

E-mail: info@kadastr.uz

 

Boshqarma vazifalari

 

Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlarning bazaviy va davriy monitoringini yuritish bo'yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishni ta'minlash;

Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar kadastrini yuritishni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma'lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuqori tashkilotiga taqdim qilinishini tashkil qilish;

Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

Yer munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlaydi;

Qo'mita tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ushbu viloyat hududida bajariladigan yer tuzish va yer kadastri, geodeziya-topografiya, kadastr va boshqa ishlarning bajarilishida amaliy yordam ko'rsatadi va doimiy monitoringini yuritadi.

Davlat boshqaruv organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerdan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Yer tuzish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan yer qonunchiligiga amal qilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi, yo'l qo'yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rilishini ta'minlaydi;

Yer fondining holatini nazorat qilish, o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yer monitoringini amalga oshiradi;

Joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish yoki olib kuyish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;

Ma'muriy-hududiy bo'linishlar chegaralarini aniqlash va tiklashni tashkil etadi;

Mahalliy davlat xokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlarning davlat kadastrini yuritilishini tashkillashtiradi;

Tumanlar va aholi punktlarining ma'muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

Foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta'minlaydi;

Viloyat yer resurslarining holati to'g'risida belgilangan tartibda xar yili hisobot tuzadi va «Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasiga taqdim etadi.

 

 

 

Foydali resurslar