Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

Manzil:120100, Guliston shaxri, Guliston ko'chasi, 2а-uy

Telefon: 0 (367) 225-47-10

Faks:  0 (367) 225-25-28

Web-sayt:sirkad.uz

Elektron pochta: sirdaryo-zarif@umail.uz

sirdaryo.jpg

 

 

Maxmirzayev Vaxobjon Amirovich 

mahmirzaev_v._sirdaryo.jpg

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig’i(vaqtincha vazifasini bajaruvchi)

Telefon: 0 (593) 327-84-94

Faks: 0 (367) 225-25-28

Qabul kunlari: Seshanba 15:00 dan 17:00 gacha

 

Maxarov Alimdjan Keldiyevich

maharov_a._sirdare.jpg

Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari

 

Boshqarma vazifalari

Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlarning bazaviy va davriy monitoringini yuritish bo'yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishni ta'minlash;

Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar kadastrini yuritishni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma'lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuqori tashkilotiga taqdim qilinishini tashkil qilish;

Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

Yer munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlaydi;

Qo'mita tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ushbu viloyat hududida bajariladigan yer tuzish va yer kadastri, geodeziya-topografiya, kadastr va boshqa ishlarning bajarilishida amaliy yordam ko'rsatadi va doimiy monitoringini yuritadi.

Davlat boshqaruv organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerdan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Yer tuzish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan yer qonunchiligiga amal qilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi, yo'l qo'yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rilishini ta'minlaydi;

Yer fondining holatini nazorat qilish, o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yer monitoringini amalga oshiradi;

Joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish yoki olib kuyish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;

Ma'muriy-hududiy bo'linishlar chegaralarini aniqlash va tiklashni tashkil etadi;

Mahalliy davlat xokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlarning davlat kadastrini yuritilishini tashkillashtiradi;

Tumanlar va aholi punktlarining ma'muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

Foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta'minlaydi;

Viloyat yer resurslarining holati to'g'risida belgilangan tartibda xar yili hisobot tuzadi va «Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasiga taqdim etadi.

Sirdaryo viloyatida axoli punktlarida, bino-inshootlar va ular bilan band bo'lgan er uchastkalarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish ishlarini borishi xamda mavjud muammolar to'g'risida 2016 yil 30 iyun xolatiga M A ' L U M O T

Joriy yilning 30 iyun xolatiga viloyatimiz bo'yicha jami 67901 ta (57,1%) ko'chmas mulklar xatlovdan o'tkazilib, 33823 ta (28,6%) kadastr yig'ma jildlari shakllantirildi xamda 4137 ta (3,5%) tuman (shaxar) xokimlarining er maydonlariga va bino-inshootlarga egalik xukukini e'tirof etish to'g'risidagi qarorlari qabul qilingan. Yo'klama ishlarining natijadorligi taxlil qilinganda viloyat bo'yicha xatlov tugallanib, Maxala fuqarolar yig'inlari, xamda Davlat Solik inspektsiyalari bilan taxlil kilinib rasmiylashtirilgan 41 ta MFY xududida yo'klamagacha 30297 ta ko'chmas mulklar xisobga olingan bo'lsa, yo'qlama natijasida 30997 ta ko'chmas mulklar mavjudligi aniqlanib, yo'qlamagacha ularning inventar baxosi 208,77 mlrd.sumni tashkil etgan bo'lsa, yo'qlamadan keyin ko'chmas mulklarning inventar baxosi 220,16 mlrd.sumni tashkil etdi va oldingi qiymatga nisbatan 14,17 mlrd.sumga oshgan, xatlov natijasida qo'shimcha 346.44 gektar er maydoni aniqlangan. Shundan; Boyovut tumanida 7 ta MFY xududida yo'qlamagacha 3298 ta ko'chmas mulklar xisobga olingan bo'lsa, yo'qlama natijasida 3550 ta ko'chmas mulklar mavjudligi aniqlanib, yo'qlamagacha ularning kadastr baxosi 20,60 mlrd.sumni tashkil etgan bo'lsa, yo'qlamadan keyin ko'chmas mulklarning kadastr baxosi 26,14 mlrd.sumni tashkil etdi va oldingi qiymatga nisbatan 5,54 mlrd.sumga oshgan, xatlov natijasida qo'shimcha 139,03 gektar er maydoni aniqlangan.

Guliston tumanida 2 ta MFY xududida yo'qlamagacha 788 ta ko'chmas mulklar xisobga olingan bo'lsa, yo'qlama natijasida 835 ta ko'chmas mulklar mavjudligi aniqlanib, yo'qlamagacha ularning kadastr baxosi 28,2 mlrd.sumni tashkil etgan bo'lsa, yo'qlamadan keyin ko'chmas mulklarning kadastr baxosi 38,09 mlrd.sumni tashkil etdi va oldingi qiymatga nisbatan 988 mln.sumga oshgan, xatlov natijasida qo'shimcha 8,80 gektar er maydoni aniqlangan. Mirzaobod tumanida 1 ta MFY xududida yo'qlamagacha 604 ta ko'chmas mulklar xisobga olingan bo'lsa, yo'qlama natijasida 604 ta ko'chmas mulklar mavjudligi aniqlanib, yo'qlamagacha ularning kadastr baxosi 2,20 mlrd.sumni tashkil etgan bo'lsa, yo'qlamadan keyin ko'chmas mulklarning kadastr baxosi 2,2 mlrd.sumni tashkil etdi.

 

 

 

Foydali resurslar