You are here

Davlat kartografiya-geodeziya fondi


Direktor: Kenjaboyev Murodil Nabijonovich

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Eshon Boboxon ko`chasi, 67A uy

Transport: Avtobus: 90m, 29.

Telefon: 0 (371) 246-77-32         

Faks: 0(371) 246-77-32

Web-sayt: geodeziya.uz

Elektron pochta: kartfond@umail.uz 

Qabul kunlari: Seshanba 14:00 dan 16:00 gacha, Juma 10:00 dan 12:00 gacha

 

 

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

Davlat kartografiya-geodeziya fondi (keyingi o'rinlarda –Fond) 2010-yilda Davlat geodeziya nazorati inspektsiyasi tarkibida qayta tashkil etilgan.

Fondning asosiy vazifalari “Geodeziya va kartografiya to'g'risida”gi O'zbekiston

Respublikasi qonunining 11-moddasida belgilab berilgan. Shuningdek Fond faoliyati Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 19-iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari,

geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi to'g'risidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg'armasi to'g'risida”gi nizomlarni

tasdiqlash haqida 529-sonli, 1999-yil 30-oktyabrdagi “Arxiv ishi bo'yicha me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi 482-sonli, 2012-yil 5-apreldagi “O'zbekiston Respublikasida Arxiv ishini takomillashtirish to'g'risida”gi 101-sonli qarorlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlar bilan tartibga solinadi.

Fondda davlat ahamiyatiga molik bo'lgan geodeziya va kartografiya materiallari va geodeziya ma'lumotlari, ya'ni 1876 yildan boshlab respublikamiz hududi bo'yicha yaratilgan topografik xaritalar, aeronegativlar, kosmosuratlar, 1889-yilan buyon yaratilgan geodeziya va kartografiya ishlari bo'yicha texnik hisobotlar saqlanib kelinmoqda. Hozirgi kunda ham geodeziya va kartografiya ishlarini bajaruvchi vazirlik hamda idoralar yaratgan materiallari hisobiga to'ldirib borilmoqda.

Fondda hozirgi kunda respublikamiz xududining barcha masshtabdagi 3 mln.ga yaqin topografik xaritalari, noshirlik originallari, aeronegativlar, kosmosuratlar hamda geodeziya va 12 mingga yaqin kartografiya ishlari bo'yicha yaratilgan texnik hisobotlar

saqlanib kelinmoqda.

Fonddagi mavjud geodezik ma'lumotlar va kartografik materiallarning ma'lumotlar bazasi yaratilgan, «TopGeodKad», «CKGF», «ArcGIS» dasturlari yordamida barcha ma'lumotlar va ularning xolati to'g'risidagi axborotlarni olish imkoniyati mavjud.

Davlat kartografiya-geodeziya fondida saqlanayotgan ma'lumot va materiallar manfaatdor vazirlik, idoralar hamda yuridik shaxslarga o'rnatilgan tartibda taqdim etib kelinmoqda.

 

 

Share

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 432
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing