Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Samarqand aerogeodeziya korxonasi

Direktor: Pirnazarov Islom Mardonovich

Manzil: 140108, Samarqand shahar, Ra’no Uzoqova ko‘chasi, 12 uy.

Transport: Avtobuslar: 5, 60, 64.

Telefon: 0 (366) 237-15-13             

Faks: 0(366) 237-08-75.

Web sayt: samagk.uz

Elektron pochta: samagk@umail.uz

Qabul kunlari: Seshanba, chorshanba 09:00 dan  12.00 gacha.

 

 

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

«Samarqand aerogeodeziya» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tarkibiga kiradi va davlat unitar korxonasi hisoblanadi. «Samarqand aerogeodeziya» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasining harakatdagi qonunlariga binoan hamda o‘zining Nizomi asosida ishlaydi va faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik aktlari, belgilangan tartibda quyidagi aktlarga - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining me’yoriy hujjatlariga asoslanadi.

 

«Samarqand aerogeodeziya» davlat unitar korxonasining faoliyat turlari quyidagilardan iborat

-        Topografiya-geodeziya va kartografiya mahsulotlari: geodezik koordinatalar, gravimetrik ma’lumotlar, topografik-geodezik, tematik, ekologik, kadastr va boshqa turdagi xaritalar, planlar, fotoplanlar, fotosxemalar, joylarning raqamli modellari, elektron xaritalar yaratish; geografik nomlarning ro‘yxatlari, aerokosmik, muhandis-geodezik, muhandis-qidiruv ishlari va boshqa topografiya-geodeziya hamda kartografiya yo‘nalishidagi ishlar;

-        Korxonalarga va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish;

-        «Samarqand aerogeodeziya» davlat unitar korxonasining faoliyatining maqsadi:

-        Xalq xo‘jaligi, Uzbekiston Respublikasi fan va mudofaasini geodezik ma’lumotlar va kartografiya mahsulotlari, aerokosmos’yomka materiallari, geodezik o‘lchamlar natijalari bilan ta’minlash;

-        Moddiy farovonlik darajasini oshirish, mehnatkashlarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, korxonani kompleks ravishda rivojlantirish;

-        Ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini va raqobat bardoshliligini oshirish, ularning tannarxini pasaytirish;

-        O‘z ishlab chiqarish faoliyatini moddiy texnika darajasida ta’minlashni doimiy ravishda amalga oshirish;

-        Marketing faoliyatini amalga oshirish;

-        «Samarqand aerogeodeziya» davlat unitar korxonasining tashqi iqtisodiy faoliyatini «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.

Xozirgi kunda qilinayotgan ishlar to'g'risida ma’lumot

"Samarqand aerogeodeziya" davlat unitar korxonasi tomonidan 2016 yil uchun belgilangan reja va chora-tadbirlar bo'yicha 1:2000 masshtabdagi topografik planlar va 1:25000 masshtabdagi topografik xaritalarni raqamlashtirish ishlari bajarilmoqda. Ushbu ma'lumotlardan O'zbekiston Respublikasi hududida geografik axborot sistemalariga kiritilgan ma'lumotlarni yangilab borishda, Davlat kadastrlarini yuritishda keng foydalanilish nazarda tutiladi.

Korxonada ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, zamonaviy geodezik asboblar va kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ishlab chiqarishni optimallashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugunga qadar korxona hududi va atrofida ko'kalamlashtirish ishlari tashkillashtirilib, turli gul ko'chatlarini ekildi, manzarali va mevali daraxtlarni sonini ko'paytirildi, korxona xodimlari obodonlashtirish va ko'kalamlashtirish ishlariga jalb etildi.

Foydali resurslar