Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

2018 yilning 10-11 sentabr kunlari Toshkentdagi "Radisson BLU Tashkent" mehmonxonasida O‘zbekistondagi "Esri" foydalanuvchilarining birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya tashkilotchilari: "Esri" – geoaxborot tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasi, “Esri CIS – Esri“ kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutori, "DATA+" va "GIS SERVICE" kompaniyasi – "Esri CIS"ning O‘zbekistondagi vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli mutaxassislari va rahbarlari, GAT (geoaxborot tizimlari) va AT bo‘yicha menejerlari, O‘zbekiston va Rossiyaning ushbu soha bo‘yicha ekspertlari ishtirok etmoqdalar.

Konferensiyani "Nick Land" (Esri) ochib berdi, shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sherzod Habibullayev ishtirokchilarni tabrik so‘zlari bilan qutladi.

Konferensiyada geoaxborot tizimlariga oid zamonaviy tendensiyalar hamda "Esri" kompaniyasining tabiiy resurslarni boshqarish bo‘yicha geoaxborot tizimlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning fazoviy ko‘rsatkichlar infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq amaliy va nazariy masalalar ko‘rib chiqildi.

Foydali resurslar