Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi

Direktor (v.v.b) : Imomkulov Utkir Xatamovich

Manzil: 100097,Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28 uy.

Transport: Metro: Mirzo-Ulug‘bek bekati

Telefon: 0(371) 276-36-96 

Faks: 0(371) 276-12-94

Web sahifa: http://gkmm.uz

Elektron manzil: info@gkmm.uz 

      

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

Geodeziya va kartografiya milliy markazi (GKMM) SSSR MS huzuridagi Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasining 1975 yil 2 yanvardagi 2-S sonli buyrug‘i bilan O‘zSSR MSning 1975 yil 20 maydagi 289-28 sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan.

“Priroda” ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish markazining 1975-1988 yillarda O‘zbek bo‘limi, 1988-1992 yillarda O‘zbek filiali bo‘lgan.

1992-1996 yillarda – Kosmik tabiatshunoslik milliy markazi.

1996-2003 yillarda – Geoinformatika va kadastr milliy markazi.

2003 yildan hozirgi vaqtgacha – Geodeziya va kartografiya milliy markazi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Ergeodezkadastr”)tasarrufiga“Geodeziya va kartografiya milliy markazi” DUK sifatidaqo‘mita tarkibiga kiradi.

GKMM DUK iqtisodiyot, fan, mudofaa va mamlakat xavfsizligi, Davlat kadastrlari yagona tizimini hamda Ko‘chmas mulk ob’ektlari ma’lumotlari markaziy bazasini yaratish va yuritish, Geografik ob’ektlarning nomlari davlat reestrini yaratish va yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, davlat ahamiyatiga molik boshqa masalalar sohalarini geodezik va kartografik jihatdan ta’minlash borasida davlat ahamiyatidagi bir qator muhim masalalarning echilishini ta’minlaydi.

GKMM faoliyatining huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari va Hukumat qarorlari tashkil qiladi

“Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi;

“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi;

“Davlat er kadastri to‘g‘risida”gi;

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi;

“Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son qarori va boshqalar.

 

 

FOYDALI MANBAALARO’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatiO’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiO’zbekiston Respublikasi Hukumati portaliO`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining SenatiYagona interaktiv davlat xizmatlari portaliO`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
MUROJAATLARNI KO`RIB CHIQISHINTERAKTIV XIZMATLAR PORTALI ORQALI
(01.04.2017 dan 20.06.2017 holatiga ko`ra)Murojaatlar soni: 391Ko`rib chiqildi: 356Ko`rib chiqlmoqda: 35Rad etilgan: 3Yuklab olishISHONCH TELEFONLARI ORQALI
(01.04.2017 dan 20.06.2017 holatiga ko`ra)Murojaatlar soni: 264Ko`rib chiqildi: 204Ko`rib chiqlmoqda: 60Rad etilgan: 0Yuklab olish

Foydali resurslar