Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qo’mita

Davyergeodezkadastr qo'mitasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Davergyeodezkadastr qo'mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, shuningdek qo‘mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar Davyergeodezkadastr qo'mitasining yagona tizimini tashkil etadi. Davyergeodezkadastr qo'mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Davyergeodezkadastr qo'mitasi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Davyergeodezkadastr qo'mitasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Davyergeodezkadastr qo'mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. Davyergeodezkadastr qo'mitasining joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, «S» mavzesi, 100097.

 

Foydali resurslar