You are here

Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo'limi boshlig'i


Ergeshov Ixtiyar Makkambayevich
Telefon: 
+99871 202-56-07
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

 

Funksional vazifalari

  • Davlat geodeziya tarmog‘ini yaratish, rivojlantirish va soz holda tutishni ta‘minlaydi;
  • Davlat ahamiyatidagi va maxsus ahamiyatdagi topografik karta hamda planlar yaratilishini, yangilab borilishini va nashr etilishini ta‘minlaydi. Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining zamonaviy fan hamda texnika yutuqlari asosida, mahsulotni metrologiyalash, standartlashtirish va sertifikatsiyalash qoidalariga muvofiq bajarilishini tashkil qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi geodeziya va kartografiya masalalari bo‘yicha qarorlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Geodeziya va kartografiya sohasidagi normativ-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini tashkilqiladi va bu ishlarda ishtirok etadi;
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarda, bo‘linmalarning zaruriy uskunalarga, dasturiy ta‘minotga va o‘lchash vositalariga bo‘lgan talablarini aniqlash ishlarida ishtirok etadi;
  • Bajariladigan hamda rejalashtiriladigan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining turlari bo‘yicha ma‘lumotlar bankini yuritish va to‘ldirib borish ishiga rahbarlik qiladi, ularning bajarilishi muddatlari va sifatini nazorat qiladi;
  • Qo‘mita bo‘linmalarida ishlab chiqiladigan, shuningdek boshqa korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan texnik hamda boshqa hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish ishlariga boshchilik qiladi;
  • Topografiya-geodeziya ishlarining bajarilishi sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat geodeziya nazorati inspektsiyasi bilan birgalikda harakat qiladi, ularni dala va kameral tekshiruvlarida hamda qabul qilishda ishtirok etadi;
  • Kartografiyada tahririyat xizmatiga boshchilik qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimida chiqariladigan kartografik mahsulotning barcha turlarini yaratishda tahririy ishlarga uslubiy rahbarlik qiladi;
  • Ishlarning perspektiv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlashga tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Topografiya-geodeziya ishlab chiqarishiga oid ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish maqsadida respublika va o‘zga davlatlardagi boshqa idoralarning kartografik xizmatlari bilan ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish aloqalarini amalga oshiradi;
  • Bo‘linmalar tahririyat xizmatlarining ishini mahsulot sifatiga qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida tashkil qiladi;
  • O‘zbekiston respublikasi hududi bo‘yicha 1:25 000 masshtabdagi bazaviy topografik kartaning to‘xtovsiz tuzilib va yangilab borilishini ta‘minlaydi;
  • Yangi kartografik asarlar – O‘zbekiston Respublikasi atlaslari, respublika tematik kartalari va h.k.lar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • Kartografiya ishlarini bajaruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi nizoli masalalar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi; ishlarning ayrim turlari va ob‘ektlari bo‘yicha tahririy rejalar hamda ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
  • “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi kartografik mahsulotining bosishga berilishi va bosmadan chiqarilishiga oid hujjatlarni tekshiradi hamda tasdiqlaydi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi geodeziya va kartografiya masalalari bo‘yicha qarorlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Topografiya-geodeziya ishlab chiqarishi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 560
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing