You are here

Davlat chegarasini delimitatsiya demarkatsiya qilish boshqarmasi boshlig'i


Sultonov Nuriddin Abduhamidovich
Telefon: 
+99871 202-55-80
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

 

Funksional vazifalari

  • Umumiy yig‘ilishlarda va ishchi komissiyalarda ekspert sifatida ishtirok etadi, vazirliklar va idoralar ishlarda hamkorlik qiladi, delimitatsiyalash va demarkatsiyalash bo‘yicha topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish texnologiyasini ishlab chiqadi.
  • Davlat chegarasining o‘tish chizig‘ini dala sharoitida tekshirish va unga aniqlik kiritish, uni ta‘rif va karta hujjati listiga muvofiq joyda inventarizatsiya qilish ishlarida ishtirok etadi;
  • Davlat chegarasini delimitatsiyalash va demarkatsiyalash ishlarining bajarilishida, topografik-geodezik ma‘lumotlarni va kartografik materiallarni tayyorlash va komissiya va ishchi guruhlarni ular bilan ta‘minlash ishlarida bevosita ishtirok etadi;
  • Chegara chizig‘i bo‘ylab joyni dala sharoitida, keyinchalik davlat chegarasi chizig‘ini chegara belgilari bilan bevosita belgilagan va bu jarayon bilan bog‘liq barcha yordamchi ishlarni bajargan holda, dastlabki batafsil o‘rganish (tekshirish) bo‘yicha aralash ishchi komissiya (topograflar, toponimlar, geodezistlar, yer tuzuvchilar va kartograflar) tarkibida ishtirok etadi;
  • Chegaraning dastlab kartada tanlab olingan va komissiyada tasdiqlangan belgilarining joylardagi chegaradosh davlatlar vakillarining bevosita kuzatuvi hamda nazorati ostida belgilanadigan geodezik koordinatalarini aniqlashda ishtirok etadi. Ushbu ishlar Davlat cheagarsini demarkatsiyalash bo‘yicha chegara belgilari bayonnoma-ta‘rifi matnini tayyorlashning umumiy va majburiy qoidasi hisoblanadi;
  • Bayonnoma-ta‘rif matnini tayyorlash uchun kartalarning proyektsiyasi va masshtabini, shartli belgilarni, listlar formatlarini, ramkadan tashqari rasmiylashtirish tanlashni kelishuvdan o‘tkazishda, zaruratga ko‘ra esa, topografik kartalarni yangilash va ularga tuzatishlar kiritishda ishtirok etadi;
  • Demarkatsiyalashga oid jamlama hujjatlarni tayyorlash uchun ular bo‘yicha topografik, kartografik va boshqa materiallar tayyorlanadigan hamda rasmiylashtiriladigan normativ-texnik hujjatlar va yo‘riqnomalarni kelishuvdan o‘tkazadi;
  • Geografik terminlarning standartlashtirilgan variantlarini qabul qilishga oid hujjatlarni kelishuvdan o‘tkazadi;
  • Bayonnoa-ta‘rif matnini va demarkatsion kartalarni davlat tilida tayyorlashni tashkil qiladi;
  • Delimitatsiyalash va demarkatsiyalash bo‘yicha texnik masalalarni muvofiqlashtiradi hamda chegaradosh davlatlar vakillari o‘rtasida kelishuvdan o‘tkazadi;
  • Demarkatsiya ishlari bo‘yicha ish hajmlarini va xarajatlarni dastlabki belgilash va texnik rejalashtirish va ularni paritet taqsimlash ishlarini bajaradi;
  • Joydagi uchastkalarni rekognostsirovkalash bo‘yicha ishlar reja-grafikini ishlab chiqadi;
  • Har bir uchrashuv, yig‘ilish va protokol qaror bo‘yicha axborot tayyorlaydi;
  • Ishlar bajarilishining navbatchi kartogrammasini yuritadi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 432
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing