You are here

Ishlar boshqarmasi boshlig'i


Inomov Rustam Nizamovich
Telefon: 
+99871 202-55-64
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

Funksional vazifalari

  • Ishlar boshqarmasi boshlig’i - boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • Boshqarma shtat birliklarini zarur kadrlar bilan to’ldiradi;
  • Boshqarma bo’yicha xodimlarning funktsional vazifalarini taqsimlash va ularni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Ichki tartib va mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Yordamchi xodimlarning ishlarini, ularga yuklangan vazifalarga muvofiq tashkil etadi;
  • Qo’mita rahbariyatiga xodimlarni rag’batlantirish yoki ishlardagi kamchiliklari va mehnat tartibini buzganlik uchun intizomiy jazo qo’llash to’g’risida takliflar kiritadi;
  • Davyergeodezkadastr qo’mitasi tizimidagi korxonalar hamda hududiy yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining moddiy-texnik ta'minoti bo’yicha faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Qo’mitaning moddiy-texnik bazasini ta’minlash zaruriyatini aniqlaydi;
  • Amaldagi qoidalar va Hukumat qarorlariga muvofiq yuqorida ko’rsatilgan dasturlarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha uskunalarni yetkazib berish va ishlar bajaradigan tashkilotlarning eng qulay variantini tanlashni tashkil qiladi;  
  • Davyergeodezkadastr qo’mitasining buyurtmasi bo’yicha pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishni tashkil qiladi, rasmiylashtirilgan hujjatlarga muvofiq bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
  • Qo’mita binosida yig’ilishlar, konferentsiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar o’tkazish uchun tegishli sharoitlar yaratadi;
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, bayramlarning yuqori darajada o’tkazilishini tashkil qiladi;
  • Qo’mita raisining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari, uning vakolatlariga kiruvchi masalalarni qo’mita Markaziy apparati tomonidan o`z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi;
  • Qo’mita Markaziy apparatining xo’jalik ishlarini yuritadi;
  • Binoni bezash, xonalarni tegishli ashyolar bilan jihozlash ishlarini tashkil qiladi;
  • Binoni ta'mirlash ishlarini, telefon aloqasining to’xtovsiz ishlashini, kommunal xo’jalik ishlarnini tashkil qiladi;
  • Transport vositalarining to’xtovsiz ishlashini, ularning zaruriy ehtiyot qismlar bilan ta'minlash, kompyuter va orgtexnikalarga o’z vaqtida texnik xizmat ko`rsatilishini nazorat qiladi hamda ta'minlaydi;
  • Ish yuritishni, yuboriladigan korrespondentsiyalarning o’z vaqtida jo’natilishini va yetkazilishini nazorat qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo’mitasining yillik hisobotini boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha tuzishda qatnashadi; rahbariyat topshiriqlariga muvofiq boshqa ishlarni bajaradi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 562
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing