Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

«Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Geodeziya va kartografiya faoliyati soxasida

«Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

Geodeziya va kartografiya faoliyati soxasida:

  • Davlat geodeziya tarmog’ini yaratadi, rivojlantiradi va ish xolatida saqlaydi;
  • Davlat maqsadidagi xamda mahsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya haritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi;
  • Yerni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi;
  • Umumjug’rofiy, siyesiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni xamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, o’kuv kartografiya qo’llanmalarini tuzadi va nashr qiladi;
  • Davlat maqsadidagi va mahsus maqsaddagi jug’rofiy axborot tizimlarini yaratadi va yuritadi;
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chiziqlarini delimitasiya, demarkasiya qilishni va tekshirishni geodeziya, kartografiya va gidrografiya jixatidan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini metrologiya jixatidan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • Geodeziya va kartografiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
  • Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi;
  • Davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantiradi va yuritadi;
  • Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash to’g’risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o’tkazadi, geografik ob’ektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, geografik ob’ektlar nomlari davlat reestrini yuritadi;
  • Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normative-texnik xujjatlarni ishlab chiqadi, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi;
  • Iqtisodiyet tarmoqlarini, fan, mudofaa va axolini geodeziya, kartografiya axborotlari bilan ta’minlaydi;
  • Geodeziya va kartografiya faoliyati lisenziyalanishini tashkil qiladi;

 

 

Yuklab olish (23 Kb/docx)

Foydali resurslar