You are here

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi raisining yerdan foydalanish va yer tuzish masalalari bo‘yicha o'rinbosari


Ruzmetov Maqsud Ismoilovich
Telefon: 
+99871 202-56-02
Faks: 
+99871 273-86-61
E-mail: 
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi
Fuqarolarni qabul qilish kuni: 
har haftaning payshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha qo'mita binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
Biografiya: 

Raisning yerdan foydalanish va yer tuzish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:

  • Yer munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, yerlardan oqilona foydalanish va yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish, davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
  • joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda yerlardan oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish va davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha davlat dasturlarining ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini tashkil qiladi;
  • hududiy bo‘linmalar, tasarrufdagi xizmatlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning yerdan foydalanish, yer tuzish va davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
  •  yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni, yer kadastri hamda yer resurslarini baholashni tashkillashtirishni takomillashtirishga qaratilgan choralar kompleksi ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini tashkil qiladi;
  • yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik hamda jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan yer qonunchiligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi, yo‘l qo‘yilgan qonun buishlarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilishini ta’minlaydi;
  • yer fondining holatini kuzatish, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, negativ jarayonlar oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish maqsadlarida yerlar monitoringi yuritilishini tashkil qiladi;
  • ilmiy-tadqiqot, tajriba-texnologiya ishlarining bajarilishini, yerdan foydalanish, yer tuzish va davlat yer kadastri sohasida normativ-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
  • yer resurslarining holati to‘g‘risida har yillik Milliy hisobot tuzilishini ta’minlaydi;
  • davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarini, yuridik hamda jismoniy shaxslarni yer tuzish, yer kadastri ishlari va ma’lumotlari bilan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • yerdan foydalanish, yer tuzish va davlat yer kadastri sohasida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • yerdan foydalanish va yer tuzish boshqarmasi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi xodimlarining vakolatlari, vazifalari hamda mas’uliyati darajasini belgilaydi;
  • raisning topshirig‘i bo‘yicha Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarining ijro etilishini nazorat qilishni tashkil qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasi markaziy apparatining, tasarrufdagi organlar va muassasalarning tuzilmalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining o‘rinbosari vazifalarini bajaradi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasining vakolatlariga kiruvchi yerdan foydalanish, yer tuzish va davlat yer kadastri masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
  • xalqaro tashkilotlarda yerdan foydalanish, yer tuzish va davlat yer kadastri masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 659
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing