You are here

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi raisining geodeziya, kartografiya va davlat kadastri masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari


Abdullaev To'lqin Mansurovich
Telefon: 
+99871 273-84-46 +99871 202-55-57
Faks: 
+99871 273-86-61
E-mail: 
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi
Fuqarolarni qabul qilish kuni: 
har haftaning chorshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha qo'mita binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

Raisning geodeziya, kartografiya va davlat kadastri masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:

  • Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi hamda Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi faoliyatiga mutasaddilik qiladi;
  • davlat ahamiyatidagi hamda maxsus ahamiyatdagi geodezik va kartografik faoliyatni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
  • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • hududiy bo‘linmalar, tasarrufdagi xizmatlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning geodeziya va kartografiya, shuningdek bino va inshootlar davlat kadastri sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • metrologik ta’minotni, ilmiy-tadqiqot, tajriba-texnologiya va tajriba-konstruktorlik ishlarining bajarilishini, geodeziya, kartografiya davlat kadastri sohasiga oid normativ-texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
  • kartografiya-geodeziya davlat kadastrining yuritilishini, davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirishni va yuritishni tashkil qiladi, geografik nomlarning qo‘llanilishini standartlashtirilishini, hisobga olib borilishini va tartibga solinishini, bino va inshootlar davlat kadastrining, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimining yuritilishini ta’minlaydi;
  • davlat ahamiyatidagi hamda maxsus ahamiyatdagi geodeziya va kartografiya ishlarining, shu jumladan davlat geodeziya tarmoqlarini yaratish ishlarining bajarilishini; geoaxborot tizimlari ishlab chiqilishini; Yerni masofadan zondlash va geodoniamik tadqiq qilishi; tarmoqlararo ahamiyatdagi topografik karta hamda planlarni, umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnomaviy va boshqa tematik karta hamda atlaslarni, o‘quv kartografik qo‘llanmalarni yaratish, yangilash va nashr etish ishlarinitashkil qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiyalash va demarkatsiyalash ishlarini geodezik, kartografik va gidrografik jihatdan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • viloyatlar, tumanlar va aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (ularga aniqlik kiritish) ishlarini tashkil qiladi;
  • geodeziya va kartografiya faoliyati litsenziyalanishini tashkil qiladi;
  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u bilan bog‘liq bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish faoliyatini tashkil qiladi;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini, fan, mudofaa va aholini geodeziya, kartografiya hamda kadastr axborotlari bilan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • geodeziya, kartografiya, davlat kadastri va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • davlat kadastri boshqarmasi, geodeziya, kartografiya va Davlat chegarasini delimitatsiyalash, demarkatsiyalash bo‘limlari xodimlarining vakolatlari, vazifalari hamda mas’uliyati darajasini belgilaydi;
  • raisning topshirig‘i bo‘yicha Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarining ijro etilishini nazorat qilishni tashkil qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasi markaziy apparatining, tasarrufdagi bo‘linmalarning tuzilmalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasining vakolatlariga kiruvchi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
  • xalqaro tashkilotlarda geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, Yerni masofadan zondlash hamda geodinamik tadqiq qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
  • rais yo‘qligida Davyergeodezkadastr qo‘mitasining faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 549
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing