You are here

O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi raisi


Abdullayev Abdushukur Xamidovich
Telefon: 
+99871 273-01-23 +99871 202-55-56
Faks: 
+99871 273-86-61
E-mail: 
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi
Fuqarolarni qabul qilish kuni: 
har haftaning seshanba kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha qo'mita binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
Biografiya: 

Davyergeodezkadastr qo‘mitasining raisi:

- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, hududiy bo‘linmalar, tasarrufdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Davyergeodezkadastr qo‘mitasi faoliyati ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish hamda idoraviy mansub organlar va muassasalar ishlari yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;
- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, qo‘mita markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek Davyergeodezkadastr qo‘mitasi markaziy apparati, idoraviy mansub organlar va muassasalar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
- Davyergeodezkadastr qo‘mitasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub boshqa organlarning hamda Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimiga kiruvchi muassasalarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalarning, idoraviy mansub boshqa organlarning hamda Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimiga kiruvchi muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
- yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori vakolatlari doirasida aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi, yer qonunchiligi buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha da’volar taqdim etadi, yer haqidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun taqdimnomalarni tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga jo‘natadi;
- xalqaro tashkilotlarda yerlardan foydalanish, geodeziya, kartografiya va kadastr masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
- ilmiy-tadqiqot, tajriba-texnologiya va tajriba-konstruktorlik ishlarining bajarilishini, normativ-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
- yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni, yerlar monitoringini tashkillashtiradi;
- har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobotni taqdim etadi;
- davlat ahamiyatidagi hamda maxsus ahamiyatdagi geodezik va kartografik faoliyatni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
- davlat geodeziya nazoratini tashkil qiladi;
- geodeziya va kartografiya faoliyati litsenziyalanishini tashkil qiladi;
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- davlat yer kadastri, davlat kartografiya-geodeziya kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimining yuritilishini tashkil qiladi;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u bilan bog‘liq bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faoliyatini tashkil qiladi;
- iqtisodiyot tarmoqlarini, fan, mudofaa va aholini geodeziya, kartografiya hamda kadastr axborotlari bilan ta’minlashni tashkil qiladi;
- tarmoq uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 608
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing