Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A
  • 20.09.2018
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyulda tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun 2018 yilning II yarimyilligi doirasida sayyor qabullar tashkillashtirish grafigiga muvofiq joriy yil 28 sentabr sanasida “Davergeodezkadastr” Qo‘mitasi raisi Abdullaev Abdushukur Xamidovich ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul tashkillashtirilishini ma’lum qilamiz. Shu maqsadda, agar Sizda Qo‘mita tizimini tashkillashtirish yuzasidan muammolar va savollaringiz mavjud bo‘lsa, 2018 yil 28 sentabr soat 11:00 da Beruniy tuman hokimiyati majlislar zaliga tashrif buyurishingiz...
  • 15.09.2018
    Жорий йилнинг 14-сентабр куни Давергеодезкадастр раиси ўринбосари Шерзод Хабибуллаев Жахон Банкининг ер сиёсати бўйича катта мутахассиси Кис Беллни қабул қилди. Учрашувда «Aykan-Invest» компаниясининг бош директори Гулчехра Насирлаева ва жамоатчилик билан алоқалар ва коммуникациялар бўйича директори Наира Тошхўжаевалар хам иштирок этишди. Ушбу учрашув Жахон банки томонидан молиялаштирилаётган "Кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш ва кадастр тизимларини модернизациялаш” лойиҳаси доирасида ўтказилди. Йиғилиш иштирокчилари 22 октябр куни Самарқандда бўлиб ўтадиган давра сухбати хамда шу йилнинг 25 октябрида Тошкентда бўлиб ўтадиган семинарга тайергарлик жараёнини мухокама этишди.
  • 14.09.2018
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 4 iyul kuni "Davgeodezkadastr" qo'mitasi rahbariyatining 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul kunlari o'tkazish to'g'risidagi reja grafigi tasdiqlangan. Grafikka asosan, "Davergeodezkadastr" qumitasi raisining birinchi o'rinbosari Abdullaev To'lqin Mansurovich joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 10:00 da Namangan viloyat Kosonsoy tumani xokimligi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o'tkazadi. Mazkur uchrashuvda jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlari ajratish,...
  • 14.09.2018
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 avgustdagi “Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan fermer va dehqon xo'jaliklari hamda qishloq xo'jaligi korxonalarining Yagona elektron axborot ba'zasi yaratildi. Yangi tizimda 4,5 mln tomorqa yer egasi haqida ishonchli axborotlar kiritildi.  Poytaxtimizda mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari Maqsud Ro'zmetov, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'...
  • 11.09.2018
    Konferensiya tashkilotchilari: "Esri" – geoaxborot tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasi, “Esri CIS – Esri“ kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutori, "DATA+" va "GIS SERVICE" kompaniyasi – "Esri CIS"ning O‘zbekistondagi vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli mutaxassislari va rahbarlari, GAT (geoaxborot tizimlari) va AT bo‘yicha menejerlari, O‘zbekiston va Rossiyaning ushbu soha bo‘yicha ekspertlari ishtirok etmoqdalar. Konferensiyani "Nick Land" (...
  • 29.08.2018
    Joriy yilning 27 avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27-yilligi” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda qo‘mita markaziy apparatining barcha xodimlari, tizimdagi korxona, tashkilot rahbari va xodimlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi ishtirok etdi. Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi A.X.Abdullaev yig‘ilishga boshchilik qilib,  tizimidagi barcha rahbar va xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 27 yilligi bilan qutladi. Shu bilan birga kirib kelayotgan bayramni tinch...
  • 19.08.2018
    “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 663-son qarori qarori kabul qilindi. Unga ko‘ra Davergeodezkadastr qo‘mitasi huzuridagi «Geoinnovatsion markaz» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 529-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017y., 30-son, 733-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandi «d» kichik...
  • 18.08.2018
    2018 yil 14-15 avgust kunlari Toshkentda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning XL sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasi katnashishdi, shu bilan birga Kartografiya va geodeziya xizmatlari rahbarlari va vakillari, shuningdek Turkmaniston Respublikasi vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Davlatlararo Kengash XL sessiyasi majlisini Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengash raisi, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya,...
  • 08.08.2018
    Davyergeodezkadastr qo`mitasida ABBYY (Rossiya) va "Cumulative Services" (O'zbekiston) hamkorlikdagi tashkilot bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "ABBYY" kompaniyasining bosh direktori Dmitriy Shushkin, "Cumulative Services" MChJ direktori Rustam Asimov, "Cumulative Services" savdo-sotiq va marketing bo'yicha mutaxassisi Aleksandr Eremeev va Davyergeodezkadastr qo`mitasi rais o'rinbosari Sherzod Xabibullaev rahbarligida qo’mita vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
  • 07.08.2018
    Davyergeodezkadastr qo’mitasi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash, intelektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek o’z g’oyalarini erkin bayon etishlarini ta’minlash maqsadida, “Yoshlar nigohi” shoiri ostida 3-5 avgust kunlari yoshlar forumi o’tkazildi.    Forumda qo’mita hududiy tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Forum doirasida yoshlar bilan “Muammo va yechim” munozarasi, “Mening g’oyam” viktorinasi, “Qo’mita kelajagi yoshlar nigohida” davra suhbati shuningdek, qo’mita Raisi Abdullayev Abdushukur Xamidovich...

Pages

Foydali resurslar